Saul Alvares jang qiladigan kechada ikki o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tariladi

Sport

image

Ertaga, 8 may kuni vazn toifasidan qat’i nazar dunyoning eng kuchli professional bokschisi Saul Kanelo Alvares 76 kilogramm vazn toifasiga ko‘tarilib, WBA chempioni Dmitriy Bivol bilan jang qiladi. 

Bitta past toifada, ya’ni 73 kilogrammli bokschilar orasida  Kanelo mutlaq dominant chempion hisoblanadi. 76 kilogrammda esa faoliyatida ikkinchi bor ringga ko‘tariladi. Bivol hali biror marta yutqazmagan va kamarni 10 marta himoya qilgan. 

Qayd etish joizki, Las Vegasdagi T-Mobile arenada o‘tadigan janglar kechasida o‘zbekistonlik ikki bokschi Shahram G‘iyosov va Elnur Abduraimov ham jang qiladi. 

Shahram G‘iyosov (12-0-0) ham o‘zi uchun yangi toifada meksikalik Kristian Gomes bilan uchrashadi. U avval 63 kilogarmm vazn toifasida janglarda ishtirok etardi, endi esa 66 kilogrammli bokschilar toifasiga ko‘tarildi. Gomes Shahram uchun jiddiy raqib bo‘lishi mumkin. Uning professional boksdagi rekordida 22 ta g‘alaba, 2 ta durrang va 1 mag‘lubiyat bor.

Shuningdek, Elnur Abduraimov o‘zining professional boksdagi 9-janggini o‘tkazadi. O‘zbekistonlik bokschi hali biror marotaba mag‘lub bo‘lmagan. Uning kubalik raqibi Manuel Korrea ham hali yutqazmagan.

Ma’lumot o‘rnida, Elnur Abduraimov Toshkent vaqti bilan 2:00 da jang qilsa, Shahram G‘iyosovning janggi 6:30da o‘tkaziladi. Janglar vaqti biroz ertaroq yoki kechroqqa surilishi mumkin. Bu boshqa janglarning natijasiga bog‘liq.

 

Ma’ruf Abdumalikov

 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

48

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing