Saul Alvares Gennadiy Golovkin bilan uchinchi jangi haqida fikr bildirdi

Sport

image

Boks bo‘yicha super o‘rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Saul Alvares qozog‘istonlik bokschi Gennadiy Golovkinning ismini tilga olmasligini ma’lum qildi. Bu haqda DAZN strim xabar berdi.

“Bu (Gennadiy bilan o‘rtasidagi munosabatda) har doim shaxsiy hisob-kitob bo‘lgan. Bu hech qachon tugamaydi. Ikki marta jang qilganimizdan keyin ham o‘zimni xuddi shunday his qilyapman. U men haqimda gapirishdan to‘xtamaydi. Ko‘ryapsizmi, men uning ismini hech qachon aytmaganman. Lekin mening ismim doimo uning lablarida edi. U doim men haqimda gapirardi va bu fakt jangni yanada qiziqarli qiladi. Bu raqobatning mavjudligi unga qo‘shimcha kuch beradi. U meni ko‘proq mashq qilishga majbur qiladi”, degan meksikalik bokschi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 17 sentyabr kuni Gennadiy Golovkin va Saul Alvares o‘rtasidagi uchinchi jang bo‘lib o‘tadi. Ular o‘rtasidagi dastlabki jang 2017 yilning 15 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan. Ushbu jangning natijasi durrang bilan tugagan. Oradan bir yil o‘tgach, 2018 yilning 16 sentyabrida tashkillashtirilgan ikkinchi jangda hakamlar Saulning g‘alabasini qayd etgan.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

14

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing