Saudiyalik diplomat Misrda nutq so‘zlayotganda vafot etdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Saudiya Arabistonining taniqli diplomati Muhammad al-Qahtoniy Misrda o‘tayotgan Arab-Afrika konferensiyasidagi nutqi chog‘ida vafot etdi. Bu haqda mahalliy “Tahiamasr” nashri xabar berdi.

Siyosatchi minbarda kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurash haqida nutq so‘zlayotgan paytda birdan hushidan ketgan.

Saudiyalik diplomatni qutqarib qolishning iloji bo‘lmadi. O‘lim sababi hozircha noma’lum.

Elchi Muhammad Al-Qahtoniyning Qohiradagi Chegara uyida bo‘lib o‘tgan Arab-Afrika konferensiyasidagi so‘nggi so‘zlari: 

“O‘z Parvardigoriga qalbi sog‘ bo‘lgan holda ro‘baro‘ bo‘lganlardan boshqa hech kimning mavqei va qadri yo‘q”.

Ba’zi nashrlar diplomat konferensiya vaqtida o‘ldirilgani haqida yozmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

343

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing