Saudiyada Ukraina masalasi bo‘yicha Rossiya taklif qilinmagan uchrashuvlar boshlandi
Olam
−
05 avgust 2023
12292Bugun, 5 avgust kuni Saudiya Arabistonining Jidda shahrida 30 ta davlat vakillari Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish istiqbollarini muhokama qilish uchun maslahatlashuvlarni boshladi. Bu haqda “El Ekhbariya” davlat telekanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, Jiddaga taklif etilgan davlatlarning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchilari ishchi uchrashuvini mahalliy vaqt bilan taxminan 16:00da boshlagan.
Ta’kidlanishicha, maslahatlashuv ishtirokchilari fikrlarni birlashtirish, shuningdek, Ukraina-Rossiya mojarosini hal qilish yo‘llarini ishlab chiqish maqsadida o‘zaro fikr almashadi.
Ma’lumot uchun, maslahatlashuvlar bugun va ertaga bo‘lib o‘tadi. Unda 30 ta davlat, jumladan, Braziliya, Buyuk Britaniya, Hindiston, Xitoy, AQSH, Turkiya, Janubiy Afrika hamda Yevropa Ittifoqi davlatlarining vakillari ham ishtirok etmoqda. Rossiya esa unda qatnashish uchun taklif olmagan. Saudiya hukumati rejalashtirilgan muzokaralar mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishga yordam berishidan umid qilmoqda.
LiveBarchasi