Saudiyada so‘nggi 30 yildagi eng sovuq havo kuzatilmoqda
Olam
−
20 yanvar 2022
5795Saudiya Arabistoni shimolidagi Turayf hududida havo harorati keskin pasayib, -6 darajagacha tushdi. Bu haqda podshohlikning Milliy meteorologiya markaziga asoslanib, TASS xabar bermoqda.
Bu mamlakatda oxirgi 30 yilda kuzatilgan eng past haroratdir. Past harorat shimoliy Al-Qurayyat (-5 daraja) va Arar (-4 daraja) viloyatlarida ham sovuq harorat qayd etilgan. Turayf shahrida esa sovuq havo bilan birga kuchli qor yog‘ishi ham kuzatilgan.
Meteorologlarning ma’lumotlariga ko‘ra, podshohlik shimolida g‘ayritabiiy sovuqlik to‘lqini shu hafta oxirigacha davom etadi, markaziy va sharqiy hududlarda esa havo harorati keskin soviydi.
Shimoliy viloyatlar rasmiylari turar-joy binolarini isitish uchun zarur bo‘lgan kerosin taqchilligi tahdidi tufayli odamlarning yoqilg‘i quyish shoxobchalarida yig‘ilganini ta’kidlagan.
Past haroratlar Madina (9 daraja), Makka (11 daraja) va Ar-Riyodda (16 daraja) ham qayd etilgan.
LiveBarchasi