Saudiya koronavirusga qarshi kurashda halok bo‘lgan shifokorlar uchun $133 ming to‘lamoqda

Olam

image

Saudiya Arabistoni koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda vafot etgan har bir tibbiyot xodimining oilasiga yarim million riyol (133 ming AQSH dollari) xayriya qilishni boshladi. Bu haqda “Saudi Press Agency” xabar bermoqda.  

Rasmiy bayonotda qayd etilishicha, koronavirusga qarshi kurashda vafot etgan shifokor qayerda ishlaganidan, ya’ni davlat yoki xususiy klinikada, fuqarolik yoki harbiy sektorda va hatto fuqaroligidan ham qat’iy nazar, uning yaqinlariga va’da qilingan summa to‘lanmoqda. 

“Shifokorlar podshohlik fuqarolari va aholisi salomatligi hamda xavfsizligini saqlash uchun pandemiyaga qarshi kurashda o‘z hayotlarini qurbon qildi”, deyiladi rasmiy bayonotda.

Ma’lumot o‘rnida, Saudiya Arabistonida shu kunga qadar 8 320 o‘lim qayd etilgan. Ammo tibbiyot xodimlari orasida koronavirusdan o‘lim holatlari haqida aniq ma’lumot yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

49

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing