Saudiya Arabistonida suv toshqini kuzatildi. Qurbonlar bor

Olam

image
0:00
0:00
download

Saudiya Arabistonidagi eng yirik shaharlaridan bo‘lgan Jiddada yog‘ingarchilik ortidan suv toshqinlari sodir bo‘ldi. Bu haqda Milliy meteorologiya markazi matbuot kotibi Husayn al-Qahtaniyga tayangan xolda “Al Arabiya” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 24 noyabr kuni boshlangan yomg‘ir taxminan sakkiz soat davom etgan. Meteorologiya markazining monitoring stansiyalari ma’lumotlariga ko‘ra, shahardagi yog‘ingarchilik darajasi 179,7 millimetrga yetgan.

Jiddada yog‘ingarchilikning eng yuqori darajasi 2009 yilda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda bu daraja 111 mm edi.

Manbaga ko‘ra, kamida ikki kishi halok bo‘lgan, o‘nlab reyslar kechiktirilgan va mamlakatda bo‘ronga tayyorlanish uchun maktablar yopilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Jidda va Podshohlikning boshqa hududlaridagi suv bosgan ko‘chalardan odamlar xavfsiz joyga ketayotgani aks etgan videolar tarqaldi.

Makka viloyatining Tvitter’dagi rasmiy sahifasiga ko‘ra, yo‘lda haydovchilarga yordam berish uchun shahar bo‘ylab politsiya xodimlari va favqulodda xizmatlar jo‘natilgan.

Mahalliy hokimiyat Makkani Jidda bilan bog‘lovchi avtomagistralni yopib qo‘yishni buyurdi. Bu shaharlar aeroportlarida aksariyat reyslar bekor qilindi. Fuqarolik mudofaasi xizmatlari aholini o‘ta zarurat bo‘lmasa, hech bo‘lmaganda, meteorologlarning fikriga ko‘ra, ob-havo normal holatga qaytishi kerak bo‘lgan kechgacha, uylarini tark etmaslikka chaqirdi.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

151

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing