Saudiya Arabistonida aeroportga drondan hujum uyushtirildi. Jarohatlanganlar bor

Olam

image

Bugun, 9 oktyabr kuni Yamanning “Ansorulloh” harakati Saudiya Arabistonining Jizan shahri aeroportiga dron orqali hujum uyushtirdi. Hujum oqibatida 10 kishi jabrlangan. Bu haqda Saudiya matbuot agentligi xabar qildi.

“Dushmanning [Jizan aeroportiga] samolyot bilan hujum uyushtirishi oqibatida 10 kishi jarohatlandi, ular orasida sayyohlar va aeroport xodimlari bor”, deyiladi xabarda.

Joriy yilning 7 oktyabr kuni Abxi aeroporti osmonida portlovchi qurilma tashiyotgan dron ushlangani xabar qilingandi.

Yamanda 2014 yil avgustidan beri hukumat kuchlari va qurolli isyonchi guruhlar o‘rtasidagi qarama -qarshilik davom etmoqda. Bu to‘qnashuvlar 2015 yilda Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya kuchlari Yamanga kirishi bilan faollashdi. Uzoq davom etgan mojaro dunyodagi eng katta gumanitar inqirozni keltirib chiqardi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, 24 milliondan ortiq yamanliklar - mamlakat aholisining qariyb 80 foizi - gumanitar yordamga muhtoj, 3 milliondan ortiq odam Yaman hududida ko‘chishga majbur bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

752

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing