Saudiya Arabistoni va BAA shahzodalari Bayden bilan gaplashishdan bosh tortdi
Olam
−
09 mart 2022
23743Oq uyning AQSH prezidenti Jozef Bayden Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari valiahd shahzodalari o‘rtasida telefon orqali muloqot o‘tkazishga urinishlari besamar ketdi.
“Wall Street Journal” nashrining Oq uydagi yuqori martabali manbalaridan ma’lum qilinishicha, Prezident Bayden Saudiya Arabistoni valiahd shahzodalari Muhammad bin Salmon va Abu-Dabi valiahdi Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan neft bozoridagi vaziyatni muhokama qilishni rejalashtirgan.
Suhbatning asosiy mavzularidan biri Ukrainani xalqaro maydonda qo‘llab-quvvatlash masalasi ham bo‘lgan.
Prezident ma’muriyatining sa’y-harakatlariga qaramay, telefon orqali muloqot tashkil etishning imkoni bo‘lmadi.
“Wall Street Journal” hisobotiga ko‘ra, Bayden va valiahd shahzodalar o‘rtasidagi munosabatlar yaxshi darajada emas. Saudiya shahzodasi Vashingtonning Yamandagi urushga nisbatan tutgan pozitsiyasidan norozi, bu yerda u Qo‘shma Shtatlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlashiga kafolat bera olmaydi. U, shuningdek, Qo‘shma Shtatlarni Eronga bosimni kuchaytirishga, shuningdek, saudiyalik muxolifatchi jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi bo‘yicha tergovdan voz kechishga chaqiradi.
Boshqa tomondan, har ikki shahzoda Bayden bilan gaplashishdan bosh tortgach, Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qilgani xabar qilingan.
LiveBarchasi