Saudiya Arabistoni sakkiz burchakli suzuvchi shahar quradi
Bu qiziq
−
21 dekabr 2022
7414Saudiya Arabistonining Neom shahrida dunyodagi eng katta suzuvchi port shaharcha qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu shaharchadan “Oksagon” porti va logistika markazi o‘rin oladi. Bu haqda “Dezee” sayti xabar berdi.
Saudiya Arabistonining shimoli-sharqidagi Neom shahri Qizil dengizga tutash hudud bo‘lib, Suvaysh kanali orqali neft tashishga mo‘ljallangan portga ega. Suv ustida quriladigan shahar esa Saudiya Arabistonining iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish va neftga qaramlikni minimallashtirish uchun xizmat qiladigan “Vision 2030” rejasining bir qismidir. Loyihaga ko‘ra, shahar port va logistika tizimini o‘z ichiga oladi.
“Oksagon” Neom va Saudiya Arabistoni iqtisodiy o‘sishi uchun katalizator bo‘lishi kutilmoqda. Bu Saudiya Arabistonining mintaqaviy savdosini qay darajada yaxshi ekanligidan dalolat beradi. Shuningdek, biz bu loyiha orqali tabiiy transport yo‘lini tanladik”, deydi Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon.
“Oksagon” o‘ziga xos sakkiz burchakli shaklga ega bo‘lib, uning kichik qismi quruqlikda, asosiy katta qismi Qizil dengiz ustida quriladi. Arabistonlik muhandislar u dunyodagi eng katta suzuvchi inshoot bo‘lishini aytmoqda. Suzuvchi shahar kichik kanallar bilan bog‘langan maydon atrofida joylashtiriladi.
Shuningdek, bu majmua okeanografik tadqiqot markazini ham o‘z ichiga oladi.
Nurmuhammad Fayzullayev
LiveBarchasi