Saudiya Arabistoni maktabgacha ta’lim sohasi uchun O‘zbekistonga salkam 11 mln dollar qarz beradi

Jamiyat

image

Saudiya Arabistoni O‘zbekistoda maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish uchun salkam 10,9 million dollar qarz beradi. Bu haqda O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining ”Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni qo‘llab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi.

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi (STJ) o‘rtasida 2020 yil 17 dekabrda “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni qo‘llab-quvvatlash” loyihasini moliyalashtirish uchun yillik 2 foiz stavkada 5 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan, qiymati 41 million saudiya riali (10,9 million AQSH dollari ekvivalentidagi) bo‘lgan qarz bitimi imzolangan. Bitim Prezidentning “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tuzilgan.

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni qo‘llab-quvvatlash” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari;
  • mazkur loyiha bo‘yicha asosiy qarz va foiz to‘lashning prognoz jadvali.

Loyiha doirasida loyihada ishtirok etuvchi tijorat banklariga subsidiar qarz milliy valyutada taqdim etiladi. Saudiya rialiga nisbatan milliy valyuta kurslari tebranishi tufayli salbiy xarajatlar (valyuta xatari) O‘zbekiston Respublikasining milliy byudjeti hisobidan qoplanadi.

Loyiha bo‘yicha mablag‘larni o‘zlashtirish davri 3 yilni (2021-2023 yillar) tashkil etadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi DXSH tamoyili asosida nodavlat MTMni moliyalashtirishga biriktirilgan tijorat banklari STJ mablag‘lari hisobidan xususiy sheriklarga imtiyozli kredit ajratilishi uchun mas’ul hisoblanadi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4 iyuldan kuchga kirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

47

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing