Saudiya Arabistoni butun dunyoga Haj ziyoratini ado etishga ruxsat berdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Saudiya Arabistoni so‘nggi 3 yil ichida birinchi marta xorijlik ziyoratchilarga Haj ziyoratini bajarishga ruxsat berdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Saudiya Arabistonining Haj va umra vazirligi 1443 (hijriy)/2022 yilgi haj mavsumini amalga oshiruvchilar sonini Podshohlik va xorijiy mamlakatlarga ajratilgan kvotani nazarda tutgan holda bir million ziyoratchi etib belgilashga qaror qilgan. 

Bunda salomatlikni himoya qilishga qo‘yilgan talablarga qat’iy rioya qilinadi.

Joriy yilda koronavirusga qarshi emlangan 65 yoshgacha bo‘lgan kishilarga haj ziyoratiga borishga ruxsat beriladi. Xorijlik ziyoratchilar Podshohlikka kelishdan kamida 72 soat oldin olingan COVID-19 testining manfiy natijasini taqdim etishi kerak.

“Haj va umra vazirligi ziyoratchilarning sog‘lig‘i va xavfsizligini ta’minlash maqsadida amallarni bajarish jarayonida ehtiyot choralarini ko‘rish va profilaktika ko‘rsatmalarini qat’iy bajarish zarurligini ta’kidlagan”, deyiladi agentlik xabarida. 

Eslatib o‘tamiz, Podshohlik o‘tgan yil Haj ziyoratida qatnashuvchilar sonini 60 ming, 2020 yilda esa 1 ming nafarga cheklagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

232

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing