Saudiya Arabistoni ayollarga mahramsiz haj qilishga ruxsat berdi
Olam
−
06 yanvar 2023 14567 1 daqiqa
Saudiya Arabistonida yashovchi ayollar ilk bor mahramsiz Haj ziyoratiga hujjat topshirishi mumkin bo‘ldi. Bu haqda Saudiya Arabistoni Haj va Umra vazirligi ma’lum qildi.
Vazirlik joriy mavsumda Haj ziyoratiga borish istagida bo‘lgan, jumladan, mamlakatda yashash uchun ruxsatnomaga ega bo‘lgan saudiyalik ayollar va musulmon ayollarni muddatidan oldin ro‘yxatga olish imkoniyatini e’lon qildi.
Ro‘yxatga olish qoidalariga ko‘ra, elektron anketaga hamrohlik qiluvchi mahram (er, aka, ota yoki o‘g‘il) qo‘shiladi. Bu anketani to‘ldiruvchi ayolning ixtiyoriga qo‘yilgan.
Haj va Umra ishlari bo‘yicha vazir o‘rinbosari Abdul Fattoh Mashatning aytishicha, mamlakat rasmiylari bu yil Haj ziyoratiga boruvchi ayollar uchun mahram bo‘lishini talab qilmaslikka qaror qilgan.
Shu bilan birga, u bu holatda musulmon ayol ayollar guruhi tarkibida haj ziyoratiga borishi kerakligini ta’kidlagan.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28