Saudiya Arabistoni 2021 yilgi Haj kvotasi va shartlarini e’lon qildi

Olam

image

Saudiya Arabistoni Podshohligi Sog‘liqni saqlash vazirligi 2021 yilgi Haj safarini o‘tash uchun maxsus talablarni e’lon qildi. Bu haqda TRT Haber xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Saudiya Arabistoni bu yilgi Haj uchun 60 ming kishiga kvota belgilagan. Haj ziyoratiga borish uchun 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar murojaat qilishlari mumkin.

Xabarga ko‘ra, ziyoratchilar Saudiya Arabistonida rasmiy ravishda tasdiqlangan ikki dozali vaksinatsiyadan (Pfizer-BioNTech, AstraZeneca, Johnson & Johnson va Moderna) o‘tishlari shart. Ikkinchi dozani mamlakatga tashrif buyurishdan 14 kun oldin olish kerak. 

Bundan tashqari, har bir ziyoratchi o‘z mamlakati vakolatli idoralaridan yuqorida ko‘rsatilgan vaksinalardan birini olganligi to‘g‘risida guvohnoma olishi va Saudiya Arabistonining xorijdagi elchixonalarida qonuniylashtirishi kerak.

Shuningdek, har bir ziyoratchi qirollikka kelganidan keyin so‘nggi 72 soatda olingan manfiy natijali PZR testining ma’lumotnomasini ko‘rsatishi shart.

Ziyorat qilish uchun nomzodlar surunkali kasalligi yo‘qligini ko‘rsatadigan hujjatni ham taqdim etishlari talab qilinadi. Ulardan so‘nggi 6 oy ichida kasal bo‘lmaganligi yoki shifoxonaga yotqizilmaganini isbotlashlari so‘raladi.

Haj ziyorati vaqtida Zam-zam suvi bir marta qo‘llashga yetarli miqdorda beriladi.

Ma’lum qilinishicha, Haj uchun kvota qaysi davlatlarni qamrab olishi hali e’lon qilinmagan. Saudiya Arabistoni hukumati kvotalarni keyinchalik mamlakatlar bo‘yicha taqsimlashga va’da bergan.

Sardor To‘lanboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

305

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing