Saturn atmosferasida “g‘ayritabiiy” holat kuzatildi

Bu qiziq

image

“Kassini” sun’iy yo‘ldoshi Saturnda ro‘y bergan shimoliy yog‘du suratlarining eng batafsilini yubordi, deb xabar bermoqda Geophysical Research Letters.

Xabar qilinishicha, qurilma sayyora bo‘ylab qilgan so‘nggi parvozlari vaqtida astrofiziklar barcha ma’lumotlarni yig‘ilgan. Olingan suratlar bunday hodisalar “gaz giganti”ning atmosferasida qanday paydo bo‘lishini aniqlashga imkon berdi. 

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, ushbu shimoliy yog‘dulari xuddi Yerdagiga o‘xshaydi. Ya’ni, ular quyosh shamolining zarralari bo‘lib, ular sayyoraning magnit maydonini o‘rab oladi va qutblar mintaqasidagi atmosferaning zich qatlamiga kiradi. Shu bilan birga, zarrachalar kuchli elektr maydonlari va energiya tufayli yuqori tezlikda Saturn atmosferasiga tushishi qayd etilgan.

Astrofiziklar, shuningdek, Saturn qutblari magnitosferaning holatiga qarab turlicha yog‘dulanishini aniqlashdi. Agar u tinch bo‘lsa, yog‘du yoyi yanada tekisroq bo‘ladi, notinch bo‘lsa, to‘lqinli shaklga ega bo‘ladi. 

Ma’lumot o‘rnida: “Kassini — Gyuygens” avtomatik sayyoralararo stansiyasi 1997 yilda ishga tushirilgan. U Saturn atrofida aylanib, sayyora haqida ma’lumot yig‘ishga mo‘ljallangan.

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

116

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing