Sarri “Chelsi”dan iste’foga chiqarilishi mumkin
Sport
−
15 may 2019 4191 1 daqiqa
Maurisio Sarri “Chelsi” klubi bilan Yevropa ligasida zafar quchgan taqdirda ham jamoa rahbari Roman Abramovich mutaxassisni iste’foga chiqarishi mumkin.
Sarrining o‘yin uslubi klub muxlislariga yoqmayapti. Shu sababdan hujumkor futbol tarafdori bo‘lgan boshqa murabbiy uning o‘rniga taklif etilishi mumkin.
Agar “Chelsi” msutaxassisni iste’foga chiqarsa, u yana A Seriyaga qaytishi mumkin. Mauritsio Sarri Italiyada “Roma” yoki “Milan” klublaridan birining boshqaruvini o‘z qo‘liga oladi.
Eslatib o‘tamiz, italiyalik mutaxassis ortda qolgan mavsumning avvalida Londonga olib kelingan edi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025