“Sarmat”lar Yerga qaytdi
Olam
−
17 aprel 2020
8985Rossiya va ikki nafar amerikalikdan iborat Xalqaro kosmik stansiya (XKS) ekipaji bo‘lgan “Soyuz MS-15” kosmik kemasining tushish moduli bugun, 17 aprel kuni Qozog‘istonning Jezkazgan shahridan 147 km janubi-sharqda joylashgan cho‘lga qo‘ndi. Bu haqda “Roskosmos” xabar bermoqda.
“Sarmat”lar uyda! Soyuz MS-15 kemasining ekipaji Yerga qaytdi!”, deb yozdi “Roskosmos” rahbari Dmitriy Rogozin Twitter’dagi o‘z sahifasida.
“Roskosmos”ning kosmonavti Oleg Skripochka, shuningdek, NASA astronavti Endryu Morgan va Jessika Meir Yerga qaytgan. Mutaxassislar ekipajni tushirish modulidan olishni boshlab yuborgan. Rogozin kosmonavtlar o‘zini yaxshi ish qilishayotganini ma’lum qilgan.
Epidemiologik vaziyat tufayli Skripochka dispanserga etkaziladi va u yerda kuzatuv rejimida bo‘ladi.
Hozirgi kunda XKS bortida “Roskosmos” kosmonavtlari Anatoliy Ivanishin, Ivan Vagner va NASA astronavti Kristofer Kassididan iborat 63-ekspeditsiyaning ekipaji qolgan.
LiveBarchasi