Sariosiyo-Toshkent yo‘nalishidagi poyezdda keksa ayol vafot etdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda Sariosiyo-Toshkent yo‘nalishida harakatlanuvchi yo‘lovchi poyezdida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun dori vositalari, “aptechka”, va tibbiy bilimga ega biror shaxs yo‘qligi bois, bir keksa ayolning tobi qochib, vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ holat yuzasidan rasmiy izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 25 aprel kuni №681 sonli Sariosiyo-Toshkent yo‘nalishida harakatlanuvchi yo‘lovchi poyezdning 17-vagoni 30-o‘rindig‘iga Sariosiyo bekatidan 1961 yilda tug‘ilgan yo‘lovchi B.G. qizi va o‘g‘lining hamrohligida Toshkent shahriga yo‘lga chiqqan. Yo‘lovchi B.G. vagonga chiqayotgan vaqtida ahvoli og‘ir ekanini inobatga olib vagon kuzatuvchilari S.K. va I.Q. tomonidan yo‘lovchiga amaliy yordam berilgan hamda har bir temir yo‘l bekatlariga tibbiyot xodimlari vagonga chaqirtirilgan. 

Yo‘l safari davomida B.G.ning ahvoli keskin ravishda og‘irlashib Denov, Qumqo‘rg‘on, Boysun, Darband vokzallaridan tibbiyot xodimlari tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Qumqo‘rg‘on tibbiyot punkti navbatchi feldsheri M.A. soat 18:20 larda Sariosiyo-Toshkent yo‘lovchi poyezdining 17-vagonidagi bemor B.G.ga birinchi tez tibbiy yordam qo‘rsatayotgan vaqtida bemorning qizi onasining jigar serrozi kasalligi bilan og‘riganini aytadi. Buni u o‘z tushuntirish xatida ham bayon qilgan.

Darband vokzali hamshirasi N.N. Termiz-Toshkent yo‘lovchi poyezdining 17-vagonida bemor ayolga birinchi tibbiy yordam qo‘rsatish vaqtida, bemorning farzandlariga uni yo‘lovchi poyezdidan tushirib olib qolishni aytgan. Bemorning o‘g‘li poyezddan tushib qolishga rozi bo‘lmagan, u buni o‘z tushuntirish xatida ham bayon qilgan. Temir yo‘l bekatlarida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qaramasdan mazkur poyezd Oqrabot temir yo‘l bekatiga yaqinlashayotganida tobi qochgan bemor yo‘lovchi olamdan o‘tgan. 

Xabarda qo‘shimcha qilinishicha, bugungi kunda “O‘zbekiston temir yo‘llari ”AJ ga qarashli barcha poyezdlarda tibbiyot qutilari(aptechkalar), birinchi yordam ko‘rsatish uchun dori-darmonlar bilan ta’minlangan. Bundan tashqari har bir stansiyada tibbiyot xonalari mavjud, ularda kechayu kundiz tibbiyot xodimlari faoliyat olib boradi. Shuningdek, ayni kunda yo‘lovchi poyezdlarni texnik va texnologik yo‘lga tayyorlash korxonasida 100 ga yaqin tibbiyot qutilari zahira qilingan. Ular dori vositalari bilan to‘ldirilib, foydalanish muddati doimiy ravishda nazorat qilib boriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

180

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing