“Sariq bola”ning sariq Ford Mustang avtomobili YTHga uchradi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 14 avgust kuni Toshkent shahar Chilonzor tumanida Ford Mustang hamda Nexia rusumli avtomobillar to‘qnashdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi xabar berdi

Qayd etilishicha, soat 18:00 larda KXAY va Do‘mbirobod ko‘chalari kesishgan chorrahada 1994 yilda tug‘ilgan haydovchi A.R. boshqaruvidagi Ford Mustang rusumli hamda 1994 yilda tug‘ilgan haydovchi E.M. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Xabarga ko‘ra, to‘qnashuv oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Ko‘pchilikka “Sariq bola” sifatida tanilgan teleboshlovchi Jahongir Xo‘jayev o‘z Instagram sahifasiga joylagan videoda aynan Ford Mustang sotib olganini ma’lum qilgan. Voqea joyidan tarqalgan suratlarda YTHga uchragan avtomobil bilan “Sariq bola”ga tegishli avtomobil davlat raqamlari bir xil ekanini ko‘rish mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1042

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing