Sardor Umurzoqov Lavrov bilan uchrashdi 

Jamiyat

image

Joriy yilning 3-4 iyun kunlari Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Moskvada Rossiya Federatsiyasining bir qator rasmiylari, xususan, hukumat raisining o‘rinbosari Aleksey Overchuk, Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov hamda Iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov bilan uchrashdi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Ikki kunlik tashrif davomida ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati, amaldagi kelishuvlarning hayotga joriy etilishi, shuningdek O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarini yanada rivojlantirishning muhim jihatlari muhokama qilingan.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarning barcha sohalarida mustahkam aloqalar hamda faol hamkorlik kuzatilayotganligi qayd etilgan. Oldin kelishilgan loyihalar, dastur va tashabbuslarni ilgari surish bo‘yicha birgalikdagi ishlarni davom ettirishga o‘zaro sodiqlik bildirilgan.

Investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, sanoat, transport va logistika hamkorligi masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli sheriklikni chuqurlashtirishning amaliy mexanizmlari bo‘yicha mushtarak pozitsiyalar ishlab chiqilgan.

Uchrashuv yakunida tomonlarni qiziqtirgan masalalarni hal qilishga qaratilgan navbatdagi tadbirlar bo‘yicha takliflar almashildi hamda o‘zaro munosabatlarning ko‘rib chiqilgan barcha yo‘nalishlariga doir amaliy hamkorlik qilish yo‘llari to‘g‘risida kelishib olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

422

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing