Sardor Umurzoqov Berdimuhamedov bilan uchrashdi (video)

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Kecha, 12 dekabr kuni Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqovni qabul qildi. Bu haqda “Turkmenportal” xabar berdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Turkmanistonning mintaqaviy hamda global kun tartibidagi dolzarb masalalar, birinchi navbatda, global tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha pozitsiyalari yaqin yoki o‘xshashligi ta’kidlandi.

Ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishi savdo-iqtisodiy soha hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, tovar ayirboshlashning ijobiy dinamikasini saqlab qolish va oliy darajadagi o‘zaro tashriflar hamda muzokaralar chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amaliy jihatdan maqbul tarzda amalga oshirish zarurligi qayd etildi.

Turkmaniston va O‘zbekiston o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini yanada oshirish, sarmoya kiritish, sanoat, transport, energetika, qishloq xo‘jaligi kabi sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun mustahkam salohiyatga ega.

Ikki tomonlama munosabatlarning ajralmas qismi madaniy-gumanitar soha ham bo‘lib, bu borada yaqindan samarali aloqalar o‘rnatilgan.

Uchrashuv yakunida tomonlar strategik davlatlararo hamkorlik muvaffaqiyatli rivojlanishiga ishonch bildirgan.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

200

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing