Saratovda dahshatli qotillik yuz berdi

Olam

image

Keyingi yillarda dunyoda jinsiy zo‘ravonlik bilan bog‘liq holatlar soni ortib bormoqda. Bu kabi jirkanch illatlarning qurboniga aylanayotganlarning ko‘pchiligi esa voyaga yetmaganlar hisoblanadi.

Navbatdagi ana shunday tubanlik shu yilning 9 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasining Saratov shahrida yuz berdi

Ma’lum bo‘lishicha, to‘qqiz yoshli Liza Kiseleva ertalab soat 7:30 larda uydan chiqib, maktabga otlanadi. Lekin uni sinfda hech kim ko‘rmagan. Shundan so‘ng, qidiruv boshlanadi.

Qidiruvni tergovchilar, politsiyachilar va"Liza Alert" qidiruv guruhining ko‘ngillilari olib bordi.

Kecha, 10 oktyabr kuni kechqurun qizchaning jasadi topilgani va gumondorni hibsga olingani  to‘g‘risida ma’lumot tarqatilgan, ammo bu ma’lumot rasman bugun, 11 oktyabr kuni tasdiqlandi. 

Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin sud tergovchilarini tergovga yordam berish uchun Saratovga, bo‘limning markaziy idorasiga yubordi. Tergovchilar hibsga olingan shaxs o‘z aybini tan olganini aytdi. 

Hibsdagi gumonlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, u tashlab ketilgan garajga joylashgan va 9 oktyabr kuni garaj yonidan o‘quvchi qiz o‘tib ketayotganda garaj qizchaning oilasiga tegishli bo‘lishi mumkin deb o‘ylagan va qizchani chaqirib, uni o‘ldirishga qaror qilgan.

Gumonlanuvchi muqaddam o‘g‘irlik va jinsiy zo‘ravonlik uchun sudlangani ham ma’lum bo‘ldi. Saratov hokimiyati marhumning oilasiga yordam berishga va’da berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Saratovda Liza Kiseleva o'ldirildi

Baholaganlar

608

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar