“Sanjik” mojaroli uyni qaytarib berdi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 27 aprel kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida “Real Sanjik” taxallusi bilan tanilgan bloger Sanjar Karimov o‘ziga tegishli bo‘lgan uy-joyni sobiq egalari Alimbayevlarga qaytarib berish arizasiga imzo qo‘ydi. QALAMPIR.UZ muxbiri sud jarayonida ishtirok etdi.

Avvalroq, sud jarayoniga notarius xodimi chaqirilgan holda nizoli uy-joyni sobiq egalariga 1 so‘m evaziga oldi-sotdi qilish muhokama qilingani haqida xabar berilgandi. Bu galgi sud majlisida ayblanuvchi Sanjar Karimovning himoyachilari tomonidan Alimbayevlarga xonadonini qaytarib berish uchun mazkur uyga qo‘yilgan taqiqni olib tashlash to‘g‘risida ajrim chiqarish iltimos qilindi.

Raislik qiluvchi sudya Bahrom Berdiyev tomonlarning fikrini eshitib, Karimovning advokatlari tomonidan kiritilgan iltimosnomani qisman qanoatlantirdi. Ajrimga ko‘ra, mazkur xonadonni faqatgina Alimbayevlarga sotish sharti bilan taqiq cheklangan tarzda bekor qilindi.

Shundan so‘ng, har ikkala tomon vakillari va advokatlari bilan birgalikda ushbu turarjoyni rasmiylashtirish uchun notariusga yo‘l oldi. 

“Hammasi yaxshilik qilishdan boshlandi. Barchaga katta rahmat. Bir yildan ortiq qiynaldik, lekin Allohga shukr, uyimizni qaytarib oldik”, deydi Alimbayeva.

QALAMPIR.UZ tez orada ushbu sud majlisidan batafsil videoreportajni taqdim etadi. Ko‘rsatuvni YouTube kanalimizda tomosha qilishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

“Sanjik” mojaroli uy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar