“Santos” Prezidenti Pele o‘ynagan raqamdan foydalanmaslik g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamoqda

Sport

image

Braziliyaning "Santos" futbol klubi Prezidenti Andres Rueda Pele sharafiga jamoaning 10-raqamini abadiylashtirmoqchi. Bu haqda u 30 dekabr kuni "Bandnews" radiosiga bergan intervyusida aytdi.

"10-raqamni Pele xotirasi uchun abadiylashtirish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlayman, menimcha, bu futbol qiroli sharafiga qilingan ajoyib ish bo‘lardi", deydi Rueda. 

Xabarga ko‘ra, klub afsonaviy futbolchining yaqinlaridan raqamni Pele xotirasi uchun abadiylashtirish bo‘yicha murojaat kutmoqda va bu murojaat "Santos" rahbariyati tomonidan ko‘rib chiqiladi. 

“Biz o‘z tashabbusimiz bilan yanvar oyidan boshlab ushbu masala ko‘rib chiqulgunga qadar afsonaviy futbolchining raqamidan foydalanmaymiz", deya qo‘shimcha qildi "Santos" Prezidenti.

Ma’lumot uchun, hozirda "Santos"da 10-raqam ostida venesuelalik Yeferson Sotelda o‘ynamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

61

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing