“Santa-Barbara” seriali yulduzi vafot etdi 

Madaniyat-san’at

image

Amerikalik aktrisa va model Touni Kiteyn 59 yoshida Kaliforniyada vafot etdi. Bu haqda "The New York Times" uning qiziga asoslanib xabar bergan.  

O‘lim sababi haqida ma’lumot berilmagan. 

Juliya "Touni" Kiteyn 1961 yilda San-Diyegoda tug‘ilgan. 

1980 yillarning boshidan boshlab u filmlarda faol suratga tusha boshlagan. 

Aktrisa "Malibu" (1983), "Gvendolin" (1984) kabi filmlarda rol o‘ynagan. 

"Santa-Barbara" (1984) teleserialidagi roli esa uni mashhurlik cho‘qqisiga olib chiqqan. 

Kiteyn, shuningdek, Whitesnake guruhining bir nechta kliplarida suratga tushib ham omma e’tiborini qozongan.


Maqola muallifi

Teglar

Touni Kiteyn

Baholaganlar

277

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar