Sanoat va qurilish ob’ektlari faoliyati qaysi asosda davom etishi aytildi
Jamiyat
−
08 iyul 2020
6653O‘zbekiston Respublikasiga koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini qayta tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan joriy yilning 10 iyuldan 1 avgustga qadar karantin choralari kuchaytirilmoqda.
Qaror bilan sanoat va yirik qurilish ob’ektlari faoliyatini davom ettirishiga quyidagi shartlar asosida ruxsat berilmoqda:
• tegishli ob’ektlar hududi to‘liq karantinga olinadi;
• ob’ektlar hududida sanitariya va gigiyena qoidalariga to‘liq rioya etilishi ta’minlanadi;
• sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari bilan birgalikda tegishli ob’ektlarda sanitariya-gigiyena tadbirlari amalga oshirib boriladi;
• ob’ektlarga kirish-chiqish joylarini pirometrlar va antiseptik vositalar, dezinfeksion “to‘shak”lar bilan jihozlash;
• xodimlar tomonidan ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlagan holda faoliyat yuritilishini ta’minlanishi lozim.
LiveBarchasi