Sankt-Peterburgdan Toshkent va Samarqandga parvozlar yo‘lga qo‘yiladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning dekabr oyi o‘rtalariga qadar Rossiyaning “Aeroflot” kompaniyasi Sankt-Peterburgdan Toshkent va Samarqandga uchishni boshlaydi. Bu haqda kecha, 2 dekabr kuni aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Aeroflot” Sankt-Peterburgdan Toshkent va Samarqandgacha muntazam ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar uchun chiptalarni sotishni boshlagan. 

“Aeroflot”ning Toshkentga parvozlari 17 dekabrdan amalga oshiriladi. 16 dekabrdan boshlab Samarqandga reyslar yo‘lga qo‘yiladi”, deyiladi kompaniya matbuot xizmati xabarida.

“Pulkovo” aeroportidan Toshkentga haftaning dushanba, payshanba va shanba kunlari reyslar bo‘ladi. Samarqandga haftasiga uchta reys qo‘yilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

“Aeroflot”

Baholaganlar

88

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar