Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik qizning jasadi topildi
Olam
−
30 Sentabr 2021
25102Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi uydan 13 yoshli O‘zbekiston fuqarosining jasadi topildi. U Rossiyaga joriy yilning yozida borgan. Bu haqda “Fontanka” nashri xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, kecha, 29 sentyabr kuni 13 yoshli qizning jasadi Industrial ko‘chasidagi 12 qavatli uy oldidan topilgan. U oynadan tushib ketgani taxmin qilinyapti. Negaki, uyning 9-qavatidagi xonadonning oshxonasidagi oynasi ochiq qolgan. U yerda marhum ota-onasi bilan yashagan.
Hujjatga ko‘ra, qizning ota-onasi Rossiyaga o‘tgan yilning fevralida borgan va faqatgina ayol qonuniy ro‘yxatdan o‘tgan. Joriy yil iyulda ular qizini ham Peterburgga olib ketgan, ammo maktabga joylashga ulgurmagan.
Hozirda politsiya va Tergov qo‘mitasi voqea tafsilotlarini o‘rganmoqda.
LiveBarchasi