San’at va madaniyat instituti mansabdorlariga nisbatan jinoiy ish ochildi

3-sahifa

image

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti faoliyati o‘rganilganida, bir qator xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi va jami 416 million talon-toroj qilingani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi. 

Qayd etilishicha, olyigohga o‘qishga qabul qilishda qonunchilik talablari buzilib, qabul jarayonlarining shaffofligi ta’minlanmagan.

Xususan, 6 mingdan ortiq abituriyentning ijodiy imtihon natijalari video tasvirlari saqlanmagan, ijodiy imtihon topshirgan 92 nafar abituriyentning titul varaqalari yuritilmagan va yozma imtihonlar olinmagan, 77 ta abituriyentning amaliy ishlari shifrlanmasdan, maxfiyligi ta’minlanmagan holda qabul komissiyasi tomonidan baholangan.

Oqibatda, ijodiy imtihonlardan eng yuqori ball bilan o‘qishga qabul qilingan 132 nafar talabaning 27 foizi 1-semestr yakuni bo‘yicha qoniqarsiz baho olgan.

Shuningdek, Davlat qabul komissiyasi tomonidan institutga ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha kunduzgi ta’limga qabul qilishga ruxsat etilgan bo‘lsada, sirtqi ta’limga ham ayrim talabalar qabul qilingan.

Bundan tashqari, institutning shtatlar jadvaliga 10 ta shtat birliklari ortiqcha kiritilib, 327 million so‘m asossiz sarflangan, haqiqatda o‘tilmagan 1588 soat darslari uchun 89 million so‘m to‘lanib, byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingan.

Aniqlangan qonun buzilish holatlari yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

389

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing