“Tabiatning beshinchi kuchi” izlari topildi

Olam

image

Debresenedagiar akademiyasining Yadro fizikasi instituti olimlari "tabiatning beshinchi kuchi" deb ataladigan yana bir zarra - X17 kashf etilganligini e’lon qildi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, tadqiqotchilar geliy atomlarining shakllanishi va parchalanishini kuzatilish natijasida bozon mavjudligini aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi.

Tajriba paytida zarralar g‘ayrioddiy 115 daraja burchak ostida tarqaldi. Buni fizika qonunlari bilan izohlab bo‘lmaydi.

Yetakchi olim Atilla Krasnaxorkaining so‘zlariga ko‘ra, uning jamoasi ikkinchi marta yangi zarrachani kuzatishga muvaffaq bo‘ldi. Unga X17 nomini berishdi, chunki uning massasi taxminan 17 megelektron voltga (MyeV) tengdir.
 
"X17 bizning ko‘zga ko‘rinadigan olamimizni qorong‘u materiya bilan bog‘laydigan zarracha bo‘lishi mumkin", dedi Krasnaxorkai.

Tadqiqotchilar keyingi tajribalar,ularga "tabiatning beshinchi kuchi" mavjudligi uchun barcha dalillarni topishga yordam beradi deb umid qilishmoqda.

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

102

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing