Oftob urishidan saqlaning!

Foydali

image

Yoz kunlari yaqinlashgani sari, quyosh zaminimizni yanada issita boradi. Issiq kunlar qanchalik yoqimli bo‘lmasin, quyosh nurlari zararli ekanligini unutmaslik kerak. Bunday kunlarda sog‘lik bilan bog‘liq muammo bo‘lmasligi uchun chekishdan, spirtli ichimlik ichishdan tiyilish hamda kuchli ovqatlanish va jismoniy harakatni kamaytirish tavsiya etiladi. 

Quyoshda terining kuyishi organizmga jiddiy salbiy oqibatlar keltiradi. Bunday kezlarda terisi nozik odamlarda, terining kuyishi osonroq kechadi. 

Oftob urishining oldini olishda quyidagilarga amal qiling:

•  kun qizigan vaqtda quyoshda jismoniy mashg‘ulot bajarmaslik;

•  havo o‘tkazadigan yupqa, tabiiy matodan bo‘lgan kiyim kiyish;

•  sovutilgan choy, kvas va mineral suv ichish;

•  issiq vaqtda spirtli ichimliklarni iste’mol qilmaslik.

Oftob urgan bemorni tezda soya yoki salqinga olib boring, unga sovutilgan choy yoki tuz solingan suv ichiring;

•  badanni qisib turadigan ust kiyimlarini yechib tashlang;

•  uni sinchiklab kuzating, sog‘ligining yanada yomonlashuviga yo‘l qo‘ymang;

•  sovuq suv shimdirilgan matoda badanini artib chiqing, tomoq, bo‘yin va gavda qismlariga, bosh tomir o‘tgan joylarga asosiy e’tibor berish zarur;

•  agar muolaja yordam bermasa, tibbiy yordam xizmatini chaqiring.

Oftob urganda jabrlangan insonning nafas olishi to‘xtashi, miokard infarkti bo‘lishi mumkin, shu tufayli jonlantirish ishlari (sun’iy havo yuborish va yurakni massaj qilish)ga ham tayyor bo‘lish kerak.

Badanga aslo spirt surtmang, chunki spirt badanning mayda teshiklarini yopib, issiqlikning chiqishini to‘sib qo‘yadi. Jabrlangan odamni sovutilgan suvli vannaga joylashtirmang, chunki vanna ko‘krak qafasining qisilishiga va nafas olish yo‘llarining o‘tkazuvchanligiga ta’sir qiladi.

Cho‘milish havzalari sohilida uzoq muddat turib, birdaniga o‘zingizni suvga tashlasangiz, organizmingizdagi harorat keskin tarzda tushib ketishi natijasida nafas olish og‘irlashib, yurakning to‘xtab qolishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun suvga tushishdan oldin qo‘l, oyoq, gavda va boshqa a’zolarni suv bilan artib chiqishni unutmang.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

23

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing