“Samosud”ni videoga olib tarqatganlar jarimaga tortiladi

Jamiyat

image

“Samosud”ni videoga olib internetda tarqatgan shaxs 22 million so‘m jarimaga tortiladi. Bu haqda AOKAdagi brifingda IIV tergov departamenti bo‘lim boshlig‘i Azizbek Dolixo‘jayev aytib o‘tdi:

“Samosud” jarayonini videotasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirayotgan bo‘lsa, Jinoyat kodeksining 130-moddasi, ya’ni zo‘ravonlik va yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi ma’lumotlarni tayyorlash, uni tarqatish yoki  joylashtirganlik uchun avvalombor ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan”, deydi u.

Dolixo‘jayevga ko‘ra, bunda jismoniy shaxslarga 100 baravargacha miqdorda, ya’ni 22 million so‘mdan ziyod jarima jazosi qo‘llanishi, uning harakatlari jinoyatni keltirib chiqaradigan bo‘lsa, 3 yilgacha axloqni tuzatish ishlari jazosi nazarda tutilgan.

Ta’kidlanishicha, shaxsning harakatlari “samosud” qilingan jabrlanuvchining shunga qaratilgan xatti-harakatdan kelib chiqadi. Ya’ni uni tutqunlikda ushlash, jabrlanuvchiga qay darajada jarohat yetkazganidan kelib chiqib jazo belgilanadi.

Yoki jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimaslik oqibatida sodir etgan qilmishi uchun tegishli moddalar bilan javobgarlik nazarda tutilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

71

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing