5 million dollarlik samolyot limuzinga aylantirildi

Texnologiya

image

"Jetsetter" kompaniyasi 5 million dollarlik samolyotdan yangicha uslubdagi Limo Jet deb nomlangan limuzinni yaratdi. U haqidagi batafsil ma’lumotlar video tarzida YouTube tarmog‘iga joylashtirilgan bo‘lib, unda aytilishicha, samolyot-limuzinning uzunligi 12,8 metr, eni esa 2,4 metrni tashkil etadi. Og‘irligi taxminan 5,5 tonna. U 8 kishiga mo‘ljallangan. 

Ushbu loyihani yaratish va amalga oshirish uchun 12 yil vaqt sarflangan va talabga qarab ko‘proq ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.

Эксклюзивный 13-метровый самолет-лимузин способен разгоняться до 160 км/ч

Limo Jet tashqi tomonlama ajoyib dizaynga ega bo‘lib, unga 21 dyumli g‘ildirak o‘rnatilgan. Uning 160 km/s tezlikda harakatlanishiga 8 slindrli dvigatel javobgar. Turbinalar va akustik tizim karnaylari ochiq joylarda yurish uchun mo‘ljallangan. Ichki dizayni qimmatbaho limuzinlardan aslo farq qilmaydi.

Maxsus ichki yoritgichlar, yo‘lovchilar uchun hashamatli ko‘rinish va eksklyuziv jihozlarga ega. Har tomonlama o‘rnatilgan kameralar haydovchiga qo‘shimcha qulayliklar yaratadi.


Maqola muallifi

Teglar

Samolyot-limuzin Limo-Jet

Baholaganlar

129

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar