Sambo bo‘yicha O‘zbekiston chempionati boshlandi

Sport

image

Bugun, 21 fevral kuni Toshkent shahrida sambo bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston 
chempionatiga start berildi. 

Uch kun davom etadigan bellashuvlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 750 nafar sportchi medallar uchun kurash olib boradi. 

Bellashuvlar ayollar, erkaklar va jangovar sambo yo‘nalishida tashkil etiladi. Har bir yo‘nalishda 7 tadan vazn toifasida medallar o‘z egalarini topadi.

Musobaqa poytaxtimizdagi "Universal" (Taekvondo WT assotsiatsiyasiga qarashli) sport saroyida o‘tkaziladi. Bugun soat 17:00da chempionatning ochilish marosimi tashkil etiladi. Saralash bahslari esa 10:00dan boshlangan.

 

Shaxboz Qahhorov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

11

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing