Samarqandda “hunar chiqargan” YHXB xodimiga tekshiruv tayinlandi
Jamiyat
−
31 yanvar 2022
13394Samarqandda haydovchining telefonini tortib olishga uringan YHXB xodimiga xizmat tekshiruvi tayinlandi. Bu haqda viloyat IIB Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 23 yanvar kuni Narpay tumani hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lining 102-kmda xizmat vazifasini olib borayotgan viloyat IIB YHXB 4-otryadi xodimlari yo‘l harakati qoidalarini buzib harakatlanib kelayotgan Nexia rusumli avtotransport vositasiga to‘xtash ishorasini bergan. Ammo haydovchi xodimlarning qonuniy talabiga bo‘ysunmay, harakatlanib ketgan.
Shundan so‘ng, haydovchi 2001 yilda tug‘ilgan I.N. ushlanib, unga nisbatan qonunda belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtotransport vositasi vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan. Haydovchi inspektorni tasvirga olmoqchi bo‘lgan vaqtida xodim fuqaroning qo‘lidagi telefonini tortib olishga harakat qilgan.
Xodimning harakatiga huquqiy baho berish maqsadida xizmat tekshiruvi tayinlangan. Natijasi to‘g‘risida tekshiruv yakuniga ko‘ra xabar beriladi.
LiveBarchasi