Samarqanddan Toshkentga qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Jamiyat
−
23 aprel 2022 6159 1 daqiqa
Samarqand - Toshkent - Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha tez yurar poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ xabar berdi.
Qayd etilishicha, Ramazon hayiti bayrami arafasida yo‘lovchilarga yanada ko‘proq qulaylik yaratish hamda transport xizmatlari ko‘rsatish ko‘lamini oshirish maqsad qilingan.
2022 yil 3, 4, 5 may kunlari Samarqand - Toshkent - Samarqand yo‘nalishida 767/768-sonli “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi zamonaviy poyezdlarining qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Live
Barchasi