Samarqanddagi YTHda yuk avtomobili yonib ketdi
3-sahifa
−
31 Oktabr 2022
4837Bugun, 31 oktyabr kuni Samarqand viloyatining Jomboy tumanida navbatdagi dahshatli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Unda DAF rusumli yuk avtomobili yonib ketdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
YTH soat 15:30 larda Samarqand viloyati, Jomboy tumani hududidan o‘tuvchi M-39 "Toshkent-Samarqand" avtomobil yo‘lining 1071-kilometrida sodir bo‘lgan.
Unda DAF rusumli yuk avtomobilining old chap tomon shinasi havo qo‘yib yuborishi oqibatida haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan va oldinda, ortga qayrilib olish manyovrini bajarayotgan haydovchi boshqaruvidagi Lada Largus rusumli avtomobilga to‘qnashgan.
To‘qnashuv oqibatida yuk avtomobilida yong‘in yuzaga kelgan.
Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Lada Largus avtomobilining haydovchisi shifoxonaga olib ketilgan.
Mazkur YTH yuzasidan tuman IIB YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi