Samarqanddagi koloniya mahkumi Qashqadaryoda yana bir jinoyatga qo‘l urdi

3-sahifa

image

Joriy yilning 15 mart kuni Samarqanddagi manzil koloniyada jazo o‘tayotgan shaxs Qashqadaryoda o‘g‘irlikka qo‘l urdi. U to‘rtta xonadonga kirib, talonchilik qilgan. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 15 mart kuni soat taxminan 09:00 da Kitob tumani “Xalqlar do‘stligi” MFYda yashovchi uy bekasi B.A. yashash uyiga notanish shaxs g‘ayriqonuniy ravishda kirib, xonada bo‘lgan 250 ming so‘m pul va 1 juft erkaklar oyok kiyimini o‘g‘irlab ketganini bildirgan. Shu kuni soat taxminan 21:30 da Kitob tumani “Xamid Olimjon” MFYda yashovchi pensioner ayol R.R. 16 mart kuni soat taxminan 10:00 da Kitob tumani “Xalqlar do‘stligi” MFYda yashovchi T.B. hamda shu kuni soat taxminan 23:00 da Kitob tumani, “Charmgar” MFYda yashovchi P.Sh.ning yashash uyiga g‘ayriqonuniy ravishda noma’lum shaxslar kirib, xonada bo‘lgan narsa va buyumlarni titib, deraza oynalarini sindirib, tartibsiz holatga keltirib, xonadondan pul yoki qimmatbaho buyumlarni topa olmaganidan so‘ng, jinoiy rejasi amalga oshmaganini bilib, voqea joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruvlar davomida hodisa joyidan Kitob tumani IIB EKG katta eksperti mayor J.Azizov tomonidan olingan oyna siniqlari viloyat IIB EKBdagi biometrik idenfikatsiya tizimida tekshirib ko‘rilganida 1 dona daliliy Kitob tumani Charmgar ko‘chasida yashovchi, 2019 yil o‘n yettinchi dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilib, 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan, 2022 yil 10 fevral kuni JIB Chiroqchi tuman sudining ajrimiga ko‘ra, o‘talmay qolgan 3 yil 5 oy 18 kun jazosini Samarqand viloyati, Payariq tumanida joylashgan 37-sonli manzil koloniyasida o‘tashi  belgilangan R.J.ga tegishli ekani aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha R.J. jazo o‘tayotgan vaqtda ya’ni, 15 mart kuni manzil koloniyasini ruxsatsiz tark etib, o‘zini jinoiy rejasini amalga oshirish uchun Kitob tumaniga kelib, yuqoridagi jinoyatlarni sodir etganini tan olgan. Mazkur xolatlar yuzasidan Kitob tuman IIB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

411

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing