Samarqanddagi xonadondan ikki kishining jasadi topildi
3-sahifa
−
22 dekabr 2021 15159 1 daqiqa
Joriy yilning 11 dekabr kuni Samarqand tumanidagi xonadonlardan biridan ikki kishining jasadi topildi. Bu haqda tuman hokimining “Samarqand tumani Yuqori Turkman mahallasi Yangihayot ko‘chasi 1-uyda tabiiy gaz tufayli sodir bo‘lgan baxtsiz hodisani tekshirish va hisobga olish to‘g‘risida”gi qarorida aytib o‘tilgan.
Qarorda aytilishicha, 11 dekabr kuni Samarqand tumani “Yuqori Turkman” MFY Yangihayot ko‘chasidagi uyda yashovchi fuqaro A.U. xonadonida tabiiy gazdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish oqibatida 2 nafar fuqarolarning jasadi topilgan.
Sud tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, ushbu 2 nafar fuqarolar noma’lum etnologik moddadan zaharlangan deb gumon qilinmoqda.
Mazkur favqulodda vaziyat sabablarini o‘rganish uchun komissiya tuzilgan.
Live
Barchasi