Samarqanddagi xonadonda qurilgan 11 qavatli bino buziladi — Qurilish vazirligi

Jamiyat

image

Samarqand viloyati Samarqand tumani Joyi Soy mahallasida fuqaro F.X. o‘z uyining bir qismini buzib, uning o‘rnida 11 qavatli mehmonxonani (video) noqonuniy tarzda qurayotgani aniqlandi. Bu haqda Qurilish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, fuqaro F.X. qurilishga ruxsat beruvchi Samarqand tumani hokimining qarori yoki tuman qurilish bo‘limining ruxsatnomasini olmasdan o‘z uyining bir qismini buzib, joyidan 21,4x12,6 metr o‘lchamdagi 11 qavatli 2 qavat yerto‘lali mehmonxona binosini qurgan.

Shuningdek:

•    Arxitektura rejalashtirish topshirig‘i (APZ) mavjud emas;
•    Muhandislik geologiyasi, loyiha-smeta hujjatlari to‘liq ishlab chiqilmagan hamda tasdiqlanmagan;
•    Belgilangan tartibda shaharsozlik kengashidan o‘tmagan;
•    Mehmonxona majmuasi obekti bosh rejasini naturaga ko‘chirish dalolatnomasi rasmiylashtirilmagan (SHNK 3.01.01-03ning 2.4 bandi bajarilmagan);
•    Qurilish obektida foydalanilgan qurilish materiallarining talablarga muvofiqligi to‘g‘risidagi pasport va sertifikatlari taqdim etilmagan;
•    SHNK 3.01.01-03 ning 7.8,9.9 bandlariga asosan yopiq ishlarni guvohlash dalolatnomalari taqdim etilmagan.

Yuqoridagi kamchiliklar mavjud bo‘lsa-da, qurilishga ruxsat beruvchi boshlang‘ich shaharsozlik hujjatlari rasmiylashtirilmagan holda qurilish-montaj ishlari konstruksiyalar bitgandan so‘ng “Konstant proyekt” MCHJ tomonidan loyiha hujjatlari to‘liqsiz ishlab chiqilgan. 

“Triumf Proyekt” MCHJ xususiy ekspertiza tashkiloti tomonidan to‘liq ishlab chiqilmagan loyiha hujjatlariga, birlamchi ruxsat beruvchi hujjatlar ham yo‘q. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 22 yanvardagi 15-sonli qarorining 21-bandiga zid ravishda 2018 yil 24 martda ijobiy xulosa berilgan.

Qayd etilishicha, qurilish davomida hududiy inspeksiya xodimlari tomonidan bir necha bor qurilishni to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan bo‘lsa-da fuqaro F.X. tomonidan ish  o‘zboshimchalik bilan davom ettirilgan. 

Mehmonxona qurish bo‘yicha maxsus litsenziyaga ega “SVP MASKAN” MCHJ  mutaxassislari tomonidan 2016 yilda binoning texnik holati o‘rganilib, rigel va temir beton ramalarni kuchaytirish uchun loyiha hujjatlari ishlab chiqish bo‘yicha xulosa berilgan.

Ushbu kuchaytirish bo‘yicha tegishli loyiha ishlab chiqilmagan va ekspertiza organlarining ijobiy xulosasi olinmagan.

“O‘zog‘irsanoatloyiha”AJ va hududiy inspeksiya xodimlari tomonidan 2022 yil 6 may kuni binoning seysmik holati o‘rganib chiqilib, “O‘zog‘irsanoatloyiha”AJning xulosasiga asosan binoning KMK, SHNK talablariga javob bermasligi va kolonnalarning ayrim joylari darz ketgani o‘z tasdig‘ini topgan hamda binoni buzish bo‘yicha xulosa berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1552

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing