Samarqanddagi IT-tanlovda yutgan o‘quvchiga yangi noutbuk berildi

Jamiyat

image

Avvalroq, Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi maktablardan birining 8-sinf o‘quvchisi “Bir million dasturchi” ko‘rik-tanlovida g‘olib bo‘lgan Sardor Sattorov va’da qilingan yangi noutbuk o‘rniga eskisi bilan taqdirlangani haqida xabar bergan edik. IT-park Matbuot xizmati tanlov g‘oliblarini taqdirlash bilan bog‘liq muammo bartaraf etilganini ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Sardor Sattorov tanlovning tuman bosqichi g‘olibi bo‘lib, shu sababli o‘quvchiga noutbuk o‘rniga smartfon sovg‘a qilingan.

“15 yoshli Sardor Sattorov tanlovning tuman bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, viloyat bosqichiga yo‘l oldi. Ammo, sovrinli o‘rinni qo‘lga kirita olmadi. Natijada, tashkilotchilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchilik tufayli unga noutbuk o‘rniga smartfon sovg‘a qilindi”, deyiladi xabarda.

IT-park delegatsiyasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida ushbu yoshlar bilan ham suhbatlashgan va ularni viloyat IT-markazida Python va ingliz tili bepul kurslarini taqdim etgan.

“Bundan tashqari, Coursera platformasida maxsus kursga ega bo‘lgan yoshlar uchun bepul kirish imkoniyati ochildi va yosh iste’dod egalarining ma’naviyatini yuksaltirish maqsadida brend sovg‘alari topshirildi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, IT-park rahbariyati, viloyat hokimligi va blogerlar yosh dasturchiga birdaniga uchta yangi noutbuk sovg‘a qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

483

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing