Samarqanddagi do‘konlarda yirik yong‘in yuz berdi

3-sahifa

image

Bugun, 9 iyun kuni Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanidagi savdo do‘konlarida yirik yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Matbuot xizmati xabar berdi.

Tuman FVBga soat 03:50 da Oqdaryo tumani “Loyish” MFY A.Temur shox ko‘chasida joylashgan savdo do‘konlarida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Yong‘inga soat 03:56 da yetib borilib, soat 04:45 da qurshab olingan va yong‘in soat 05:37 da bartaraf etilgan. Yong‘inni o‘chirishga 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji hamda yordamchi (Kamaz) jalb etilgan. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra yong‘in natijasida mebel, xo‘jalik mollari va oziq-ovqat do‘konlarining taxminan 200 kv.m maydonda shift, tom va jihozlari yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inni kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori  aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

167

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing