Samarqanddagi bozorda qotillik. Yigit qo‘shnisini bolta bilan o‘ldirdi
3-sahifa
−
06 yanvar 2022
13865Samarqand viloyati Urgut tumanida 30 yoshli yigit qo‘shnisini urib, o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsiddinov xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, qotillik 2021 yilning 31 dekabr kuni “Dehqonobod dehqon bozori” yaqinida sodir bo‘lgan. 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro B.X. qo‘lida bo‘lgan temir bolta bilan qo‘shnisini bosh va bo‘yin sohasiga ikki marotaba urib, qasddan o‘ldirishga suiqasd qilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, ularning o‘rtasida avvldan kelishmovchilik bo‘lgan.
Oqibatda shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan zarur tibbiy yordamga qaramasdan, jabrlanuvchi joriy yilning 3 yanvar kuni vafot etgan.
Habarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Urgut tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.
LiveBarchasi