Samarqanddagi AYOQSHda portlash sodir bo‘ldi. Qurbon bor
3-sahifa
−
08 iyul 2021 11473 1 daqiqa
Samarqand viloyati Samarqand tumanidagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Bugun, 8 iyul kuni soat 14:36 da Samarqand viloyati Samarqand tumani “Qunduzsufiy” MFYda joylashgan AYOQSH hududida yerostida joylashgan 25 tonnali sig‘imda payvandlash ishlari olib borayotgan vaqtida chaqnash sodir bo‘lgan.
Voqea joyiga zudlik bilan 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan.
Chaqnash sababi shoxobcha hududida payvandlash ishlarini olib borishi oqibatida kelib chiqqan. Hodisa oqibatida bir nafar fuqaro halok bo‘lgan va bir nafar fuqaro termik kuyish tan jarohatini olib tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.
Hozirda tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Live
BarchasiPutin Imomali Rahmonga ta’ziya bildirdi.
22 dekabr