Samarqanddagi avtosalon mijozga yirik miqdorda penya to‘laydi

Jamiyat

image

Samarqandlik Sohibjon Damas sotib olish maqsadida “Samarqand avtosavdo” MCHJga kelib shartnoma tuzib, 62 million 812 ming so‘m to‘laydi.

Shartnoma shartlariga ko‘ra, hash-pash deguncha aytilgan muddat yetib keldi. Xabar berishar, chaqirishar deb o‘ylagandi. Negadir hech kim xabar bermadi. Avtosalonga qatnayverib, salkam ikki oyni ham o‘tkazib yubordi, biroq mashinadan darak bo‘lavermadi. Oxir-oqibat yaqinlarining maslahati bilan O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining 10-91 ishonch telefoniga murojaat qildi.

Tashkilot mutasaddilarining aralashuvi bilan ushbu muammo ijobiy hal etildi. Yana ham qizig‘i, shartnoma shartlari avtosalon tomonidan buzilgani, avtomashina o‘z vaqtidan kechiktirib yuborilgani uchun (57 kun) amaldagi qonun talablariga ko‘ra, penya undirish mumkinligi haqidagi taklif Sohibjonni yana ham quvontirib yubordi.

Shu yilning 6 avgust kuni bo‘lib o‘tgan fuqarolik ishlari bo‘yicha, Samarqand shahar sudining ochiq sud majlisida mazkur ish ko‘rilib, sud iste’molchi foydasiga hukm chiqardi. Sud qaroriga ko‘ra, “Samarqand avtosavdo” MCHJ shartnoma shartlarini bajarmagani, shartnoma muddatini 57 kun kechiktirib yuborgani uchun fuqaroga 12 million 562 ming 444 so‘m miqdorda penya to‘laydigan bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

221

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing