Samarqanddagi 60 o‘rinli qabulxonada 160 nafar mahbus saqlangani aytildi

3-sahifa

image

Samarqanddagi 60 o‘rinli ma’muriy tartibda hibsga olingan shaxslarni saqlash uchun maxsus qabulxonada 160 nafar shaxs saqlanmoqda. Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman)ning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili  ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, 2020 yilda tashkil etilgan, 60 nafar shaxsga mo‘ljallangan mahbuslar qabulxonasida 160 nafar shaxs saqlangan.

Joriy yilning 20 aprel kuni esa mazkur muassasada 161 nafar hibsga olingan shaxs bo‘lgan. Ulardan 8 nafari ayol va qolgan 153 nafarini erkaklar tashkil qilgan. 

Qayd etilishicha, maxsus qabulxonada jazo o‘tayotgan saqlanuvchi shaxslarning barchasi mehnatga layoqatli va ulardan 18 nafari ishga jalb etilgan. Shundan 16 nafari shartnoma bo‘yicha ob’ektlarda mehnatga jalb etilgan. Saqlanuvchi shaxslarning o‘rtacha ish haqi bir kunda 40500 so‘mni tashkil etadi.

Mahbuslar ovqatlari autsorsing xizmati asosida tasdiqlangan menyu asosida yetkazib beriladi, yuvinish xonalari yangidan qurilgan bo‘lib, bu bo‘yicha kamchilik yo‘q.

“Ombudsmanning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili Diyor Husanov ishtirokida o‘tkazilgan monitoring davomida 10 nafar mahkumga mo‘ljallangan kutubxona mavjud ekani aniqlandi. Unda 150 ta turli badiiy va huquqiy adabiyotlar bor”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, Diyor Husanov maxsus qabulxonada saqlanuvchi shaxslarning yaqin qarindoshlari uchun tashkil etilgan uchrashuv xonalari ko‘zdan kechirilgan. Qisqa muddatli uchrashuv xonalarining soni atiga 1 ta bo‘lib, bu 20 aprel holatiga ko‘ra saqlanayotgan 160 nafar mahkum uchun yetarli emas. Oqibatda ularning oila a’zolari bilan uchrashuvlarni tashkil etishda uzoq navbatlar vujudga kelmoqda.

“Shu nuqtai nazardan Ombudsman mintaqaviy vakili tomonidan qisqa muddatli uchrashuv xonalarini ko‘paytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi”, deyiladi ma’lumotda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

208

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing