Samarqanddagi 35 ta maktabda koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
22 aprel 2021
5604Samarqand shahridagi 31 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘qituvchi va o‘quvchilari orasida koronavirus infeksiyasini yuqtirish holatlari aniqlangani sababli shu maktablarda 14 kunga o‘quv jarayoni masofaviy shaklda o‘tkazgan.
“Xalq so‘zi”ning yozishicha, kecha, 21 aprel kuni ham 1, 19, 41 va 47-maktab o‘quvchilari orasida kasallik yuqtirish holati aniqlangan va bu maktablarda ham o‘qish onlayn tartibda olib boriladigan bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, ayni paytda shahardagi 35 ta maktabda ta’lim jarayoni masofaviy tarzda olib borilmoqda. Ushbu maktablarning o‘qituvchi va o‘quvchilaridan olinadigan tibbiy test natijalariga qarab o‘qishlar an’anaviy shaklga o‘tkazilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatidagi 14 ta maktab va 15 ta sinf karantinga olingandi.
LiveBarchasi