Samarqanddagi 2 ta tumanda noqonuniy yer sotayotganlar ushlandi
Jamiyat
−
29 aprel 2021
4051Samarqand viloyatining ikkita tumanida yer sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda Davlat xavfsizlik xizmatining Urgut tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.M. tanishiga qarashli “R.” fermer xo‘jaligining 15 sotix yer maydonini fuqaro K.ga ajratib berish evaziga firibgarlik yo‘li bilan 10 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Xuddi shunday, Departament hamda DXXning Bulung‘ur tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro T.M. fuqaro S.ning ishonchiga kirib, unga “M.” fermer xo‘jaligiga qarashli yer maydonidan 25 sotixini 35 mln so‘m evaziga tanishlari orqali olib berishga va’da berib, oldindan 10 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi