Samarqandda YPX xodimlarini kaltaklagan fuqaro qamaldi
3-sahifa
−
22 mart 2022
5878Samarqandda 3 nafar Yo‘l patrul xizmati xodimlarini kaltaklagan shaxs qamaldi. Bu haqda IIV JXD Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 5 mart kuni 3 nafar YPX xodimlari Jonboy tumanida xizmat olib borayotgan vaqtida 44 yoshli fuqaro boshqaruvida bo‘lgan Lacetti avtomobili bo‘yruqqa bo‘ysunmay, harakatda davom etgan.
Keyinchalik avtomobil tegishli tartibda to‘xtatilgan vaqtda haydovchi avtomobilidan tushib, qocha boshlagan. YPX xodimlari haydovchini ushlab olganda esa u bor ovozi bilan baqirib, qarindoshlarini chaqirgan.
Oradan biroz vaqt o‘tib, haydovning qarindoshlari kelib, hech narsani surishtirmagan holda YPX xodimlarini urib ketgan. Buning oqibatida inspektorlar turli darajada tan jarohati olgan.
Mazkur holat yuzasidan Jonboy tumani prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tumanning Sarichashma mahallasida yashovchi 34 yoshli fuqaro gumonlanuvchi tariqasida ushlangan.
LiveBarchasi