Samarqandda YPX xodimlari DSI boshlig‘i o‘rinbosarini o‘ldirib qo‘ygani aytilmoqda (video)

3-sahifa

Ijtimoiy tarmoqlarda Kattaqo‘rg‘on tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Yo‘l-patrul xizmati xodimlari xatti-harakatidan so‘ng halok bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi.

Shu yilning 10 iyun kuni tunda 42 yoshli Kattaqo‘rg‘on tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari o‘zining Cobalt rusumli avtomobilida yo‘l harakati qoidalarini buzganligi sababli YPX inspektorlari tomonidan to‘xtatilgan.

Ichki ishlar vazirligi holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, Joriy yilning 10 iyunida tungi soat 00:50 larda Cobalt rusumli avtotransport svetoforning qizil chirog‘idan to‘xtamasdan o‘tib, xodimlarning to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmasdan, avtotransportda yuqori tezlikda harakatlanib yashirinmoqchi bo‘lgan.

Hududdagi 4R-243 avtomobil yo‘lining 7 kilometriga yetganida Cobalt yo‘l qatnov qismining o‘rtasida to‘xtab, haydovchi avtotransportni tashlab, piyoda qochishga uringan.

Huquqbuzar, xodimlar tomonidan ushlanib, o‘ta mast holatda bo‘lganligi gumon qilinib, tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun taklif qilinganida, fuqaro A.A. ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan faol qarshilik ko‘rsata boshlagan.

Shu vaqt oralig‘ida tibbiy ko‘rikka olib borish uchun transport vositasiga o‘tkazilgan fuqaro A.A.ning sog‘lig‘i yomonlashib, voqea joyiga tez tibbiy yordam xizmati chaqirtirilgan. Ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay fuqaro A.A. vafot etgan.

Hodisa sodir bo‘lgan joy Ichki ishlar vazirligi O‘XB Samarqand viloyati bo‘yicha bo‘limi ishtirokida tuman prokuraturasi tomonidan ko‘zdan kechirilib, hujjatlashtirilgan.

Vazirlik ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoq faollaridan o‘rganilmagan, yolg‘on va mish-mishlardan iborat ma’lumotlarni tarqatishdan tiyilishlarini so‘ragan. 

Bosh prokuratura ma’lum qilishicha, Kattaqo‘rg‘on tumani IIB YHXB xodimlarining faoliyati jarayonida tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i 1-o‘rinbosarining o‘limi yuz bergan. Holat yuzasidan JKning 206-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

660

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing